Parijda yangi teraktni amalga oshirishni rejalashtirgan uch erkak va bir ayoldan iborat terrorchilar guruhi qo`lga olindi, deb xabar berdi “Tass.ru” nashri.
Fransuz ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomondan Parijning jinoyatlar soni yuqori bo`lgan hududlarida o`tkazilgan tadbir davomida uch erkak va bir ayoldan iborat terrorchilar guruhi qo`lga olingan.
Erkaklarning ikki nafari aka-uka Aytach va Erjanlar fransuz fuqarolari bo`lib, asli turk millatiga mansub. Uchinchi odam ham turk bo`lib, ismi Yusuf, ammo qizning ismi-sharifi e`lon qilinmagan.
Tintuv paytida ularning uylaridan Kalashnikov avtomati o`qlari, signal beruvchi pistolet, axborot materiallari va seyf topilgan. Ayni vaqtda ular hibsga olinib, surushtiruv ishlari olib borilmoqda.





