“Real Madrid” jamoasi prezidenti Florentino Peres yarim himoyachilar Xames Rodriges va Iskoni kelayotgan yozda sotib yubormoqchi, deb xabar beradi championat.com.
Manbaning ta`kidlashicha, Peres har ikki futbolchining xatti-harakatidan norozi. U jamoaga Zinedin Zidan kelishi bilan Xames va Isko o`yinida o`zgarish bo`lishiga umid qilgandi, ammo Peres kutgan natija bo`lmadi. Shu sababdan, Xames va Isko yozda boshqa jamoaga o`tib ketishi mumkin.
Ushbu mavsumda Isko La Liganing 24 o`yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Xames esa Ispaniya chempionati doirasida 18 o`yinda ishtirok etib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatmani o`z hisobiga yozib qo`ygan.





