AsosiyDunyo

KXDR AQShni to`ntarishga tayyorgarlik ko`rayotganlikda aybladi

Rasmiy Pxenyan BMT xavfsizlik Kengashi yig`ilish o`tkazishini talab qilmoqda. Bu harakat AQShning to`ntarishga tayyorgarlik ko`rayotgani bilan izohlandi, deb yozadi “Lenta.ru”. 

BMT xavfsizlik Kengashidagi KXDR vakili Cha Son Nam Kengash rahbari nomiga xat yo`lladi. Mazkur xatda u Vashington va Seulni Shimoliy Koreya hukumatini to`ntarishga va uning ijtimoiy qurilishini o`zgartirishga tayyorgarlik ko`rayotganlikda aybladi.  Bunga Shimoliy Koreya chegaralarida o`tkazilayotgan Amerika-Koreya hamkorlikdagi o`quv-mashg`ulotlari sabab bo`lgan. AQSh va Koreya Respublikasiga xizmat qiluvchi harbiylarni tayyorlashga qaratilgan mazkur mashg`ulotlar har yili o`tkaziladi. 2016 yilda ularda 300 ming nafar Janubiy Koreyalik va 17 ming nafar amerikalik askarlar, dengizchi va uchuvchilar ishtirok etadi. 

Pxenyan mazkur mashg`ulotlarning o`tkazilishiga tish tirnog`i bilan qarshilik bildirmoqda. Mamlakat hukumatining fikriga ko`ra, mazkur harakatlar ortida KXDRga hujum qilishga tayyorgarlik ko`rish rejasi yotibdi.

    Boshqa yangiliklar