Rossiyalik aktyor Sergey Bezrukov ssenarist, rejissyor va prodyuser Anna Matisonga uylandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Sergey va Anna to`y marosimini o`ta yopiq davrada o`tkazdi. Sergey Anna bilan nikohdan o`tgani haqidagi xabarni “OK” jurnali bosh muharriri Vadim Vernikka ma`lum qilgan.
“Vadik, biz nikohdan o`tdik. Ammo biz buni hammaga oshkor qilmaymiz. Bizga qaerda, qachon va qanday qilib degan savollar bilan murojaat qilishlarini istamaymiz. Biz baxtimizni asraymiz”,—dedi Bezrukov.
Ma`lumot uchun, aktyor birinchi rafiqasi Irina Bezrukova bilan 15 yillik turmushdan so`ng 2015 yilda ajrashgan edi.





