Avvalroq, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Amerika Qo`shma Shtatlariga tashrif buyurishi haqida yozgan edik.
Tashqi ishlar vazirligining ma`lum qilishicha, 2021 yilning 27 iyun – 4 iyul kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan Amerika Qo`shma Shtatlarida bo`ladi.
Tashrif dasturida AQSh vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar hamda muzokaralar o`tkazilishi ko`zda tutilgan.