Toshkent metropolitenining “Chilonzor” bekatida poezd vagonlari bilan bog`liq nosozlik kuzatildi. Bu haqda "Daryo" muxbiri xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 27 iyun kuni soat 12:50 da “Chilonzor” bekatiga Sergeli tarafdan kirib kelgan poezd sostavidagi to`rtala vagonning eshiklari ochilmay qolgan.
Yo`lovchilar, taxminan, 10 daqiqa vagondan chiqa olmagan. Nosozlikni bartaraf etib bo`lmagach, mashinist xonasi orqali vagonlarga kirgan mas`ullar eshiklarni ichkaridan ochib chiqqan.