1

Kinematografiya agentligida qozog`istonlik kinoijodkorlar bilan videomuloqot bo`lib o`tdi

Madaniyat 28.06.2021, 18:48
Teglar: kinematografiya agentligi
Kinematografiya agentligida qozog`istonlik kinoijodkorlar bilan videomuloqot bo`lib o`tdi

Bugun Kinematografiya agentligida qozog`istonlik kinoijodkorlar Akan Sataev hamda Azamjan Sayidbaev bilan agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Bosh direktorning birinchi o`rinbosari Shuhrat Rizaev bilan onlayn muloqot bo`lib o`tdi.  Bu haqda agentlik Axborot xizmati xabar berdi.

Unda “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini o`tkazishda hamkorlikni yo`lga qo`yish, Qog`og`istonda “O`zbek kinosi kunlari”ni o`tkazish, shuningdek, hamkorlikda “Qo`shnilar” filmini suratga olish kabi masalalar muhokama qilindi.  

Mazkur  “Qo`shnilar” filmi komediya janrida bo`lib, unda o`zbek va qozoq qo`shnilarning o`zaro munosabatlari va hovli o`rtasidagi devorning buzilganidan so`ng, topib olingan tilla atrofidagi voqealar aks ettiriladi.  

Film O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Oltin devor” asari asosida suratga olinishi rejalashtirilgan. Ushbu kinoloyiha ssenariysi ustida Qozog`iston tomondan aktyor, bloger va ssenarist Azamjan Saidbaev ish boshlaydi. Hamkorlikdagi yangi film “Ipak yo`li durdonasi” Xalqaro Toshkent kinofestivalida taqdim etilishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Maqsud Shayxzoda haqidagi film hamkorlikdagi eng yaxshi kinoloyiha sifatida e`tirof etildi

31.12.2021, 01:07

Kinematografiya agentligi va Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “First art media” studiyasi tomonidan suratga olingan “Maqsud Shayxzoda. Erkka intilgan shoir” hujjatli filmi...
“Matonat” filmi xalqaro kinofestivalda mukofotlandi

03.11.2021, 17:15

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olingan "Matonat" hujjatli filmi Artemis distribyutorlari assosiasiyasi tomonidan Sloveniya davlatida bo`lib o`tgan kinofestivalda...
Toshkentda Butunrossiya kinematografiya davlat instituti filiali ochildi

08.10.2021, 16:36

Toshkent shahrida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya davlat instituti filiali ochildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi. 2021/2022 o`quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar (ta`lim yo`nalishlari) bo`yicha...
Toshkent Xalqaro Kinofestivali doirasida “Kino 5 kunda” ko`rik-tanlovi o`tkaziladi

25.08.2021, 17:31

Besh kun davom etadigan Toshkent Xalqaro Kinofestivali o`zida bir qancha muhim jarayonlarni jamlagan bo`lib, “Kino 5 kunda” tanlovi ham shular jumlasidan. Tanlovda 30dan ortiq davlatdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1