AsosiySport

Neymar Olimpiada o`yinlarida Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqchi

“Barselona” klubi hamda Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar joriy yilning yozida Rio-de-Janeyroda bo`lib o`tadigan Olimpiada o`yinlarida mamlakat terma jamoasi sharafini himoya qilishni istaydi, deb xabar beradi goal.com. 

“Men mamlakat terma jamoasi sharafini himoya qilishni istayman. Oltin medallar uchun emas, mamlakatim sha`ni uchun. Braziliyalik muxlislarga katta va`dalar bera olmayman. Faqatgina, yana bir bor Olimpiya termasida to`p surish sharafiga muyassar bo`lmoqchiman”, – deydi 24 yoshli futbolchi. 

Eslatib o`tamiz, Neymar 2012 yil Londonda bo`lib o`tgan futbol bo`yicha Olimpiada o`yinlarida kumush medalga sazovor bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar