Jizzax viloyati Do`stlik tumanida 31 mart kuni erkak xotinini pichoqlab o`ldirigani xabar qilingandi. Mazkur jinoyatni sodir etgan erkakka nisbatan sud hukmi o`qildi.
Ma`lum bo`lishicha, 22:00 dan keyin u mast holda uyiga kelib, xotini bilan janjallashib qolgan. U turmush o`rtog`ini Telegram’dagi yozishmalari sabab xiyonatda gumonlab, oshxona pichog`i bilan bo`yin qismiga ikki marotaba urib, uni qasddan o`ldirgan.
Shuningdek, akasiga ichki ishlar xodimlariga telefon qilishi hamda uyda bo`lgan qizini olib ketishini aytgan. Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.