Xonanda Lola Instagram ijtimoiy tarmog`idagi sahifasiga o`zining ayni paytda Rossiyaning Moskva shahrida ekanligini bildirib, turli suratlar joylab kelmoqda. Foydalanuvchilar uning Moskvaga kelish sabablarini so`raganida u “Havo almashtirish, hordiq chiqarish, eng asosiysi-to`yib uxlash uchun” kelganini aytib o`tdi.
Kuni kecha Rossiyalik taniqli xonanda Filipp Kirkorov Kreml saroyida o`zining “Men” deb nomlangan shou dasturini taqdim etdi.
Lola mazkur shou dasturda tomoshabin sifatida ishtirok etdi va taassurotlarini Instagram`dagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Aslida Filipp Kirkorovning muxlisasi emasman, ammo buyuk Franko Dragonening ishlarini ko`rish imkonini qo`ldan boy bergim kelmadi.
Bu inson Dyu Soley sirki uchun 12 ta dastur, Selin Dionning Las-Vegasdagi shousi, bugun esa Filipp Kirkorovning Moskvadagi shou dasturini sahnalashtirgan. Nozik, hissiyotli, yuqori saviyada, minimal, shu bilan birga buyuk, hatto bu konsert Kirkorovning uslubida ham emasdek. Dastur uchun rahmat...”





