AsosiyDunyo

Ifloslangan ekologiya yiliga 12,6 million inson umriga zomin bo`lishi aniqlandi

Olimlarning ma`lumot berishicha, yiliga ifloslangan ekologiya oqibatida minglab insonlar dunyodan ko`z yumadi, sayyoramizda yuz berayotgan inson o`limining har to`rtinchisi havoning ifloslanganligi oqibatida ro`y beradi, deb xabar berdi “informing.ru” nashri. 

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan yili 12,6 kishi atrof-muhitning zararlanishi oqibatida vafot etgan. Ekologiyaning ifloslanishi oqibatida 25% insult, 19 % saraton kasalligi va 33 % yurak xuruji kasalliklari vujudga keladi. 

Olimlar mamlakat rahbarlariga katta korxonalar qurilayotganda havoning, suvning tozaligini saqlashga e`tibor qaratishga chaqirishmoqda.

    Boshqa yangiliklar