AsosiySiyosat

Namanganlik Dilobar Mahmudova tashabbusi bilan o`zbek mumtoz tili lug`ati yaratiladi

'Namanganlik Dilobar Mahmudova tashabbusi bilan o`zbek mumtoz tili lug`ati yaratiladi'ning rasmi

Bugun bo`lib o`tgan Yoshlar va talabalar forumida Prezident Shavkat Mirziyoev ma`ruzaga o`tishdan avval bir qancha yoshlar bilan uchrashganini aytib, yurtimizda iqtidorli yoshlar soni ko`payayotganidan hursandligini ta`kidlab o`tdi.

Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvi chog`ida namanganlik Dilobar Mahmudova ham suhbatda bo`lib, u davlat rahbariga o`zbek mumtoz tili lug`atini yaratmoqchi ekanligini aytgan. Shu munosabat bilan davlat rahbari topshirig`iga ko`ra, o`zbek mumtoz tili lug`atini yaratish bo`yicha Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov hokimlik granti ajratadigan bo`ldi.

Ibrat bobomizning davomchilari Namanganda ham, boshqa hududlarda ham paydo bo`lyapti. Bundan chuqur g`urur tuyaman”, dedi Shavkat Mirziyoev.

 

    Boshqa yangiliklar