AsosiySport

Braziliya sudi Neymarni 46 mln evro jarimaga soldi

“Barselona” klubi hujumchisi Neymar 2012-2014 yillar davomida soliq to`lashdan bo`yin tovlaganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda Folha de Sao Paulo nashriga tayanib, Shampionat.com xabar bermoqda.

Neymar ishi bilan shug`ullangan San-Paulu federal sudi Neymarni 46 mln evroga jarimaga tortdi. Braziliyalik futbolchi ushbu qarorga apellyasiya berishi mumkin.

Avvalroq Braziliya sudi Neymarning soliq to`lamaganligi uchun uning mol-mulki, shaxsiy samolyoti va vertolyoti, shuningdek, yaxtasini musodara qilgandi.

    Boshqa yangiliklar