AsosiyDunyo

Sukerbergning Pekin ko`chalarida yugurgani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini g`azablantirdi

Facebook rahbari Mark Sukerbergning tonggi Pekin ko`chalarida chopib ketayotgan surati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining g`azabini keltirdi, deb xabar berdi “lenta.ru” nashri.

Ularning ba`zilari tadbirkorning sog`lom turmush tarzi olib borishini qo`llab-quvvatlagan bo`lsa, ba`zilari uni Xitoy qonunlari va tarixini mensimaganlikda aybladi. Facebook rahbari rasmlarga yozgan izohida Xitoyga qaytganidan mamnunligini, yil boshidan beri Tyananmen maydonidan Samo ibodatxonasigacha 100 mil (160 kilometrga yaqin) masofani yugurib bosib o`tgani haqida maqtangan. Uning gaplarini o`qigan foydalanuvchilar Facebook ijtimoiy tarmog`i Xitoyda taqiqlanganidan Sukerbergning qanday qilib bu tarmoqqa surat joylaganidan hayron bo`lishdi. 

“Sukerberg chopib ketayotgan maydonda 1989 yilda talabalar isyoni vahshiylarcha bostirilgan. U sport bilan shug`ullanayotgan joy demokratiya uchun kurashgan talabalar qoni bilan sug`orilgan” deb yozishdi g`azablangan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari.

    Boshqa yangiliklar