FlyDubai aviakompaniyasining halokatga uchragan Boeing 737-800 samolyoti Rossiyaning Rostov-Don aeroportida jadval bo`yicha qo`nish paytida halokatga uchragan.
Bu haqda TASS nashriga aviadispetcherlik xizmatidan xabar berishgan.
Samolyot Moskva vaqti bilan 03:40 da qo`nishi lozim bo`lgan.
Manbaning ma`lumot berishicha, “Parvoz shtat tartibida amalga oshirilgan, samolyot bortida hech qanday muammo bo`lmagan, u jadval asosida qo`nmoqchi bo`lgan, ammo darrov qo`na olmagan. Ekipaj komandiri dispetcherga 03:42 da ikkinchi marta qo`nishga harakat qilishini bildirgan. Samolyot qo`nmoqchi bo`lganda, yonboshdan esgan kuchli shamol oqibatida ag`darilib ketgan”.
Manbaning ma`lumotlariga ko`ra, ilk qo`nish ham aynan yonboshdan esgan shamol oqibatida amalga oshirilmagan.





