Avvalroq, Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov koronavirusga qarshi emlangani haqida xabar bergan edik.
Vazir "Zamon" informasion dasturiga bergan intervyusida tizim xodimlari koronavirus bilan qaytadan kasallanayotgani haqida gapirib o`tgan va o`qituvchilarga vaksina olishni taklif qildi.
"Afsuski vazirlikning markaziy apparatida ham kasallanish holatlari kuzatilmoqda. Eng yomoni o`tgan yili koronavirus bo`lgan xodimlarimiz bu yil ham yana kasallanyapti. Fursatdan foydalanib tizimimiz xodimlariga, o`qituvchilarga tezroq vaksina olishlarini maslahat beraman",–dedi Sherzod Shermatov.