AsosiySalomatlik
4065

Koronavirusga qarshi vaksina olgandan keyin immunitet qachon hosil bo`ladi? Mutaxassis javob berdi

'Koronavirusga qarshi vaksina olgandan keyin immunitet qachon hosil bo`ladi? Mutaxassis javob berdi'ning rasmi

SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullaeva koronavirusga qarshi vaksina olgandan keyin immunitet qachon hosil bo`lishi haqida ma`lumot berdi:

— Koronavirusga qarshi vaksinani 1-bosqichini olganlarda immunitet hujayralar paydo bo`lishi vaksina olgan kunidan 14 kun oralig`ida ko`tarilishni boshlaydi va uning maksimal ko`tarilish darajasi oxirgi bosqich (ya`ni 2- yoki 3-bosqich) vaksinani olgandan 30-60 kunlar, ba`zilarda esa 90 kun oralig`ida erishiladi.

Bu immun tizimi necha kun yoki yil saqlanishi bo`yicha butun dunyoda va o`zimizning olimlar ham nazorat qilib bormoqdalar. Vaqt o`tib immun hujayralarning saqlanish muddatlari haqida aniq ma`lumotlar beriladi.

Bugungi kunda mavjud ma`lumotlardan olimlarning taxminlari e`lon qilinib borilmoqda. Shunga ko`ra, ular ba`zi vaksinalar 1 yil, ba`zilari 2 yil, ba`zi vaksinalar esa umrbod immun himoya hosil qiladi deb xulosa qilmoqdalar.  

Shunga qaramay, vaksina olayotganlar va olganlar bilishlari kerakki, vaksina olib, immun himoyadaman, deb xulosa qilishga shoshilmang. Pandemiya tugagani yo`q, ko`rib turganingizdek, to`lqinlar paydo bo`lib turibdi. Shuning uchun doimiy karantin qoidalariga rioya qilish barcha infeksion kasallikdan saqlaydi.  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar