AsosiyDunyo

Yaponiyada sakura daraxti gulladi

Yaponiyada bugun 19 martdan boshlab sakura daraxti gullash mavsumi boshlandi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Yaponiya meteorologiya boshqarmasining ma`lum qilishicha, Fukuoka shahridagi sakuralar gullay boshlagan. 

Bu yil sakura o`tgan yilga qaraganda ikki kun oldin gullagan. Meteorologlar buni issiq ob-havo sharoiti bilan izohlamoqda. Yaponiyada so`nggi kunlarda havo harorati Selsiy shkalasi bo`yicha 20 darajagacha isigan. Sakura daraxtlarini Yaponiya meteorologiya boshqarmasi nazorat qiladi. 

Yaponiyaliklar sakurani mamlakat ramzi, uning gulini esa norasmiy milliy gerb hisoblashadi. Sakura daraxti aprel o`rtalarida to`liq gullaydi.

Yaponiyada sakuraning beshta asosiy va 200 ga yaqin gibrid turlari parvarish qilinadi.

    Boshqa yangiliklar