1

Qandsiz diabet kasalligi nimadan kelib chiqadi?

Salomatlik 03.07.2021, 17:09
Teglar: qandsiz diabet
Qandsiz diabet kasalligi nimadan kelib chiqadi?

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Feruza Xaydarovaning aytishiga qaragаnda, kasallikning kelib chiqishiga buyraklarning antidiuretik gormonga nisbatan sezgirligining pasayishi yoki umuman sezmasligi ham sabab bo`ladi. Bunda ham kasallikning odatiy belgilari kuzatiladi. Shuningdek, qon quyuklashadi va qonning tomirlar bo`ylab harakati sekinlashadi.

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Feruza XAYDAROVA:

–Qon organizmda muhim oziq moddalar va kislorod tashuvchi asosiy “transport” vazifasini o`taydi. Qonning tomirlar bo`ylab harakati susayishi natijasida tez orada bemorning hayotiy muhim a`zolari (miya, yurak, jigar, buyrak, tayanch harakat tizimi) faoliyati izdan chiqadi. Qandsiz diabet bilan og`rigan bemorlarda chanqoqni zudlik bilan qondirishning iloji topilmasa, tez orada markaziy nerv tizimi ishi buzilishi belgilari yuzaga chiqadi: o`ta ta`sirchanlik, qo`zg`aluvchanlik, ruhiy tormozlanish, qizib ketish va komaga tushish holatlari ro`y beradi. Kasallikning ilk belgilari paydo bo`lishi bilanoq darhol endokrinolog shifokorga murojaat etish kerak. Shuningdek, bolalarga ham jiddiy xaf tug`diradi. Ularni o`sishdan orqada qolish, jinsiy va jismoniy rivojlanishning kechikishiga olib kelishi mumkin. Kasallikning tug`ma va irsiy turi ham mavjud. Kasallanib tug`ilgan chaqaloqda hayotining dastlabki kunlaridanoq antidiuretik gormon sintezlanmay qoladi, go`dak ko`p emishiga qaramasdan ona sutiga to`ymayotgani seziladi.
 

–Kasallikning ilk belgilari paydo bo`lishi bilanoq darhol endokrinolog shifokorga murojaat etish kerak. Oilaviy poliklinikada kerakli tahlillar hamda bosh miya tekshiruvlari (kompyuter tomografiyasi) o`tkaziladi. Tegishli mutaxassislar ko`rigidan so`ng boshqa kasalliklar inkor etilganda, kasallikning asl sababi aniqlanadi va to`g`ri tashxis belgilanadi. Bemorda qandsiz diabet aniqlansa, zarur muolajalar buyuriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1