AsosiySalomatlik
4121

Issiq kunlarda qanday taomlangan ma`qul? Mutaxassis javob berdi

'Issiq kunlarda qanday taomlangan ma`qul? Mutaxassis javob berdi'ning rasmi

Kunlar tobora isib bormoqda. Jaziramada insonning ishtahasi pasayib, lohas bo`lib borishi tabiiy hol. Ammo kuni bilan sarf qilingan energiyaning o`rnini oziq-ovqat bilan to`ldirib turilmasa, mehnat faoliyati sustlashib borishi mumkin. O`z o`rnida salomatlikni asrash uchun to`g`ri ovqatlanish tartibi haqida ham unutmaslik kerak.  Xo`sh, bugungi issiq kunlarda qanday taomlangan ma`qul?

Bu mavzuga oydinlik kiritish maqsadida SSV Matbuot xizmati  Toshkent tibbiyot akademiyasi Ovqatlanish gigienasi va bolalar, o`smirlar gigienasi kafedra professori Guli Shayxovaga murojaat qildi.

— Albatta yoz kunlari ishtaha pasayishi sababli ko`proq ho`l mevalar va xom holatdagi sabzavot hamda ulardan tayyorlangan salatlarni xush ko`rib iste`mol qilamiz, — deydi G.Shayxova. — Chunki bu mahsulotlarning ko`pchiligi chanqoqni qondiradi hamda organizmni kerakli mineral moddalar va vitaminlar bilan to`yintirib boradi. Lekin ularning kaloriyasi kam va kuni bilan sarf qilingan quvvatning o`rnini bosa olmaydi. Organizmga esa doim oqsil moddalari zarur.

Buning uchun go`sht va uning o`rnini bosuvchi ba`zi (dukkakli) mahsulotlar kunlik taomnomaga kiritilishi kerak. Ammo, unutmaslik kerakki, qovurilgan, yog`li mahsulotlarning hazm bo`lishi ancha qiyin. Shuning uchun go`sht mahsulotlari qaynatilgan holatda bo`lishi va umuman engil hazm bo`ladigan go`shtli ovqatlarni iste`mol qilishni tavsiya qilamiz. Moshxo`rda, mastava,  qaynatma sho`rva (yog`siz), manpar va shunga o`xshash engil hazm bo`ladigan taomlarni eyish kerak.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar