AsosiyDunyo

Filippinda harbiy yuk tashuvchi samolyot qulab tushdi. Qurbonlar soni ko`p

'Filippinda harbiy yuk tashuvchi samolyot qulab tushdi. Qurbonlar soni ko`p'ning rasmi

Filippinda harbiy yuk tashuvchi samolyot qulab tushishi oqibatida kamida 17 kishi halok bo`ldi. Bu haqda «RBK» xabar bermoqda.

Mamlakat Mudofaa vazirligi vakili general Korleto Vinluan xabariga ko`ra, voqea joyida 17 kishining jasadi topilgan, ammo qutqaruvchilar aviahalokat qurbonlari soni o`sishini istisno qilmayapti. 40 kishi qutqarilib, turli og`irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonalarga etkazilgan.

Vinluanning so`zlariga ko`ra, samolyot bortida odamlardan tashqari, beshta jangovar mashina ham bo`lgan.

Filippin Qurolli Kuchlarining C-130 Hercules samolyoti Sulu provinsiyasidagi Xolo orolida qo`nishga kirishish chog`ida halokatga uchradi. Samolyot mintaqada terrorizmga qarshi kurash uchun harbiy xizmatchilarni orolga olib uchgan. Mudofaa vazirligi ma`lumotlariga qaraganda, bortda 92 kishi, shu jumladan, sakkiz nafar ekipaj a`zosi bo`lgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qo`nishga urinish chog`ida samolyot balandligini yo`qotgan va uchish-qo`nish yo`lagigacha borib etmagan. Qulab tushganidan keyin samolyot yonib ketgan, voqea joyida qutqaruvchilar va boshqa shoshilinch xizmatlar xodimlari ishlamoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar