1

"Bir oyga bloklab, hammani kitobga, gazetaga o`tkazish kerak",– Namangan viloyati hokimi ayrim ijtimoiy tarmoqlarning bloklanganiga munosabat bildirdi

Jamiyat 04.07.2021, 17:55
Teglar: Namangan viloyati
"Bir oyga bloklab, hammani kitobga, gazetaga o`tkazish kerak",– Namangan viloyati hokimi ayrim ijtimoiy tarmoqlarning bloklanganiga munosabat bildirdi

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov 3 iyul, shanba kuni Chortoq tumanida bo`lib o`tgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida yoshlarni kitob, gazeta o`qishga qaytarish kerakligini aytdi.

“Bir balolar bloklandi deb shov-shuv qilishyapti. Uni bir oyga bloklab, hammani kitobga, gazetaga o`tkazish kerak. Odamlar vaqtini bemaza xabarlar olib qo`yyapti. Kitob bilan, ota-onasi bilan gaplashadigan qilish kerak. Qaysi yosh ota-onasining oldiga borib, bir soat gaplashib o`tira oladi? Kattalar ham bir soat gaplashib o`tira olmaydi. Ammo internetda bir soat, yarim kun, bir kunlab qolib ketadi”, — deydi Shavkat Abdurazzoqov.

Uning ta`kidlashicha, yoshlar bekorchi xabarlar bilan miyasini to`ldirib olgani uchun ishi yurishmayapti. Shuning uchun ular internetga, o`yinlarga emas, kitobga, sportga, ota-onasidan duo olishga o`tirishi kerak.

Sharhlar

Prezident keskin tanqid qilgan Namangandagi mahallaga bloger rais bo`ldi

11.07.2021, 11:33

Yangi Namangan tumani hokimligi tavsiyasiga binoan Jobirxon Alixonov "Bunyodkor" mahalla fuqarolar yig`ini raisi etib saylandi. Undan oldin mazkur lavozimda Yangi Namangan tumani hokimi o`rinbosari lavozimiga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1