AsosiySport

Ilhom Sharipov “Dinamo” jamoasi bosh murabbiyi bo`ldi

Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko`rayotgan Samarqandning “Dinamo” jamoasi murabbiylar shtabida o`zgarish yuz berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma`lum qilmoqda. 

Samarqand viloyati futbol federasiyasi prezidenti taklifiga binoan, “Dinamo” klubi bosh murabbiyi etib Ilhom Sharipov tayinlandi. 48 yoshli mahalliy mutaxassis bungacha “Paxtakor” klubida seleksioner-murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Klub rahbariyati tomonidan Ilhom Sharipov oldiga joriy mavsum yakunlariga ko`ra, jamoani Oliy Liga olib chiqish va keyingi yildan Samarqandda barqaror va kurashuvchan jamoani yaratish vazifasi yuklandi. Sharipov klubda bosh menejer sifatida ham faoliyat yuritib, jamoada mahalliy yosh futbolchilar etishib chiqishiga alohida e`tibor berishi tayinlandi. 

Murabbiylar shtabida unga yana ikki mahalliy yosh mutaxassis Uchqun Qobilov va Rafael Balasanyanlar yordam berishadi.

    Boshqa yangiliklar