Professional boksning superog`ir vazn toifasida WBA (Regular) yo`nalishi chempioni Lukas Braun doping tekshiruvdan o`tdi va uning qonida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligi aniqlandi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar bermoqda.
Avstraliyalik bokschi Ruslan Chagaevga qarshi o`tkazgan jangidan besh kun avval va jang yakunlanganidan so`ng doping uchun tahlil topshirgandi.
Endi Braunni chempionlik kamaridan mahrum qilishlari mumkin. Ruslan Chagaev esa yangi chempionlik jangida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`ladi. Klenbuterol moddasi Xalqaro antidoping tashkiloti tomonidan taqiqlangan moddalar qatoriga kiritilgan
Eslatib o`tamiz, Ruslan Chagaev va Lukas Braun o`rtasidagi chempionlik jangi 5 mart kuni Grozniy shahrida o`tkazilgandi. Unda hamyurtimiz raqibiga 10-raundda texnik nokaut bilan mag`lub bo`lgandi.





