AsosiyDunyo

Rostovda qulagan Boeing samolyotining shturvali muzlab qolgan bo`lishi mumkin

Parvoz vaqtida rul boshqarish tizimining ishlamay qolishi ko`p hollarda halokatga sabab bo`ladi. 

Rosaviasiyaning ma`lumot berishicha, 2013 yil 17 noyabrida Boeing 737 samolyotining Qozonda ro`y bergan aviahalokatiga ham aynan shu holat sabab bo`lgan, deya xabar berdi “Ria.ru” nashri.

FlyDubai aviakompaniyasining samolyoti Rostov -Don aeroportiga qo`nayotganda havo haroratining keskin tushib ketishi oqibatida ruli muzlab, qotib qolgan. Shu sababli Xalqaro aviasiya qo`mitasi 2015 yilda Rossiya Federasiyasida Boeing 737 samolyoti tarkibiga kiruvchi barcha samolyotlar harakatini to`xtatgan edi. 

Ammo oradan ko`p vaqt o`tmay, samolyotlar harakati to`xtaligani haqidagi xabar-sertifikatni orqaga qaytarish so`ralgan va o`rniga imzo chekilmagan boshqa xat yuborilgan, deya xabar berdi Rosaviasiya. 

Tergov qo`mitasi halokatga uch narsa sabab bo`lganini taxmin qilmoqda: texnik nosozlik, yomon ob-havo sharoiti va ekipajning xatosi.

    Boshqa yangiliklar