“Barselona” klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Serxio Buskets barmog`ini shikastlagani uchun terma jamoa lagerini tark etdi, deb xabar bermoqda AS.
Serxio Buskets Ispaniya terma jamoasining Italiyaga qarshi 24 mart kuni va Ruminiya qarshi 27 mart kuni bo`lib o`tadigan o`rtoqlik o`yinlarini o`tkazib yuboradi.
27 yoshli yarim himoyachi Barselonaga qaytib ketdi va u erda tibbiy tekshiruvdan o`tadi. Shunday so`ng uning jarohati haqida aniq ma`lumotlar beriladi.