1

Kinematografiya agentligida Misr elchisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Madaniyat 07.07.2021, 18:48
Teglar: kinematografiya agentligi
Kinematografiya agentligida Misr elchisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Bugun Kinematografiya agentligida Misr Arab Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmi xonim bilan uchrashuv tashkil etildi.  Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar bermoqda. 

Uchrashuv davomida Toshkent xalqaro kinofestivalini o`tkazishdagi hamkorlik va misrlik kinoijodkorlar bilan ko-produksiya filmlarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, misr filmlarini o`zbek telekanallari, o`zbek filmlarini esa misr telekanallari orqali namoyish etishga kelishildi. Tomonlar bu borada amalga oshirilishi kutilayotgan ishlarga batafsil to`xtalib o`tishdi.  

Bundan tashqari, uchrashuvda O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati bilan Misr elchixonasi o`rtasidagi hamkorlik masalalariga ham alohida to`xtaldi. Butunjahon jamiyati tomonidan sentyabrda o`tkaziladigan konferensiyaga Misrdan ham olimlarni jalb qilish, shu bilan birga Misrda saqlanayotgan O`zbekiston madaniyatiga oid yodgorliklar bo`yicha kitoblar to`plamini chop etish tashabbusi ilgari surildi.

Sharhlar

Maqsud Shayxzoda haqidagi film hamkorlikdagi eng yaxshi kinoloyiha sifatida e`tirof etildi

31.12.2021, 01:07

Kinematografiya agentligi va Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “First art media” studiyasi tomonidan suratga olingan “Maqsud Shayxzoda. Erkka intilgan shoir” hujjatli filmi...
“Matonat” filmi xalqaro kinofestivalda mukofotlandi

03.11.2021, 17:15

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olingan "Matonat" hujjatli filmi Artemis distribyutorlari assosiasiyasi tomonidan Sloveniya davlatida bo`lib o`tgan kinofestivalda...
Toshkentda Butunrossiya kinematografiya davlat instituti filiali ochildi

08.10.2021, 16:36

Toshkent shahrida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya davlat instituti filiali ochildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi. 2021/2022 o`quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar (ta`lim yo`nalishlari) bo`yicha...
Toshkent Xalqaro Kinofestivali doirasida “Kino 5 kunda” ko`rik-tanlovi o`tkaziladi

25.08.2021, 17:31

Besh kun davom etadigan Toshkent Xalqaro Kinofestivali o`zida bir qancha muhim jarayonlarni jamlagan bo`lib, “Kino 5 kunda” tanlovi ham shular jumlasidan. Tanlovda 30dan ortiq davlatdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1