Kolumbiyalik Oskar Vaskes Moralesni shifoxonaga joylashtirish uchun 20 kishi va o`t o`chiruvchi mashina ishtirok etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Oskar Vaskes Moralesning tana vazni 400 kilogramdan ortiq. U nosog`lom oziq-ovqatlar iste`moliga ruju qo`ygani sabab, ortiqcha vazn to`plagan.

Palmir shahrida yashovchi bu fuqaroga shifokorlar uning hayoti xavf ostida ekanligini aytishdi. Shundan so`ng u klinikaga yotib davolanishga va ortiqcha vazndan xalos bo`lishga qaror qildi.
Morales o`zgalarining ko`magisiz uyidan tashqariga chiqolmasdi. Uning muammolari mahalliy o`t o`chiruvchilarni ham befarq qoldirmadi. Aynan ular tufayli Morales tibbiy muassasaga etib oldi.
Endilikda u bilan terapevt, dietolog va psixolog ishlaydi. Shuningdek, Morales bir nechta jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi. U hech bo`lmasa to`rt yilda 300 kilogramm vazn yo`qotishga umid qilmoqda.





