AsosiySport

18 yoshli futbolchi «Manchester derbisi»da rekord o`rnatdi

“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Markus Reshford “Manchester Siti”ga qarshi (1:0) o`yinda gol kiritib, yangi rekord qayd etdi

Reshford Manchester shahri jamoalari o`rtasida bo`lib o`tgan o`zaro bahslarda gol kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi. U 18 yoshu 141 kunga to`lganida gol kiritdi. Avvalgi rekord Ueyn Runiga tegishi edi. Runi 2005 yilda, ya`ni, 19 yoshligida “Manchester derbisi”da gol kiritgan edi. 

Qayd etish joiz, aynan Reshfordning goli uchrashuvda yagona bo`lib qoldi va mankunianliklarga g`alaba keltirdi.

    Boshqa yangiliklar