Xalqaro aviasiya qo`mitasi mutaxassislari Rostov-Don aeroportida shanba kuni halokatga uchragan Boeing 737 samolyotining “qora qutisi”dagi xabardan nusxa oldi.
Ovoz yozuvchi uskuna jiddiy zararlangani sababli, ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. Ekspertlar aviahalokatga uch narsa sabab bo`lganini taxmin qilishmoqda: ob-havo sharoitining noqulayligi, uchuvchining xatosi va texnik nosozlik.
Halok bo`lgan 51 yo`lovchining qarindoshlari DNK ekspertizasi uchun qon topshirgan. Halokat sodir bo`lgan kundan beri shahar aholisi Rostov-Don aeroportiga gullar, o`yinchoqlar, ta`ziya izhorlari yozilgan otkritkalar keltirishda davom etmoqda.
Dushanba kuni ertalabdan aeroport ish boshladi. Parvoz qilish polosasi tozalanib, ilk FVV samolyoti Rostov-Donga qo`ndi.





