Belgiyaning Bryussel shahri Zaventem aeroportida portlash yuz berdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Portlash oqibatida 17 kishi halok bo`lgan, yana 30 kishi jarohatlangan.
Belgiya OAVlarining xabar berishicha, portlash ro`y beri shidan avval aeroportda otishma ovozi va terrorchining arab tilida baqirgani eshitilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, American Airlines aviakompaniyasining ro`yxatga olish joyida portlovchi uskuna harakatga keltirilgan. Hozirda aeroport o`z faoliyatini to`xtatgan va ma`lum muddatga yopib qo`yilgan. Barcha reyslar qoldirilgan. Odamlar evakuasiya qilinmoqda.
Mamlakat hukumati portlashni terakt sifatida baholamoqda.





