Belgiyaning Bryussel shahridagi “Maalbek” metro stansiyasida yuz bergan portlash oqibatida 10 kishi halok bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
“Hozirda portlash oqibatida halok bo`lganlarning aniq sonini keltira olmaymiz. Kamida 10 kishi halok bo`lgani aniq. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda”,—deyiladi xabarda.
Bundan avval Bryusseldagi aeroportda portlash yuz berishi oqibatida 17 kishi halok bo`lgani haqida xabar bergan edik.





