AsosiySport

“Real” Lukaku uchun 60 million funt sterling to`lashga tayyorligini bildirdi

Madridning “Real” jamoasi “Everton” klubi hujumchisi Romelu Lukakuni yozda sotib olishga harakat qiladi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda

Manbaning ta`kidlashicha, Madrid klubi belgiyalik futbolchi uchun 60 million funt sterling (77 mln evro) to`lashga tayyor. “Qirollik klubi” skautlari ushbu mavsum davomida 22 yoshli hujumchining o`yinlarini kuzatib, uning o`yinidan mamnun bo`lishgan.

Joriy mavsumda hujumchi Angliya chempionatida 29 ta o`yin o`tkazib, 18 ta gol 6 ta golli pasga mualliflik qilgan.

    Boshqa yangiliklar