AsosiyJamiyat

Prezident keskin tanqid qilgan Namangandagi mahallaga bloger rais bo`ldi

'Prezident keskin tanqid qilgan Namangandagi mahallaga bloger rais bo`ldi'ning rasmi

Yangi Namangan tumani hokimligi tavsiyasiga binoan Jobirxon Alixonov "Bunyodkor" mahalla fuqarolar yig`ini raisi etib saylandi. Undan oldin mazkur lavozimda Yangi Namangan tumani hokimi o`rinbosari lavozimiga tayinlangan Obidxon Dadashev faoliyat yuritgan. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar bermoqda. 

Asli kasbi feldsher bo`lgan, Namangan shahridagi ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasining travm punktida uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan Jobirxon Alixonov Feysbuk, Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlarda o`tkir, dolzarb mavzulardagi chiqishlari bilan e`tibor va hurmat qozongan.

U ayni vaqtda mahalliy davlat hokimiyati idoralari va jamoatchilik o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada yaxshilash, sahovat tadbirlarida ham faolligi bilan tanilgan.

Eslatib o`tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoevning shu yil fevral oyida Namanganga tashrifi chog`ida keskin tanqid ostiga olgan Bunyodkor mahallasi bugungi kunda davlatimiz rahbarining topshiriqlari asosida obod va ko`rkamlik qiyofasiga kirmoqda.

Boshqa yangiliklar