1

O`zbekistonlik sportchilardan yana biri "Rio-2016" o`yinlariga yo`llanmani qo`lga kiritdi

Jamiyat 22.03.2016, 16:52
O`zbekistonlik sportchilardan yana biri "Rio-2016" o`yinlariga yo`llanmani qo`lga kiritdi

Yunon-rim kurashi bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Dilshod Turdiev Qozog`istonning Astana shahrida XXXI yozgi Olimpiada o`yinlariga yo`llanmalar o`ynalayotgan Osiyo saralash turnirida kumush medalga sazovor bo`ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda

Shu tariqa Dilshod Turdiev “Rio-2016” o`yinlariga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

Og`irlik vazni 75 kg.gacha bo`lgan polvonlar musobaqasida gilamga tushgan tajribali sportchimiz chorak finalda yaponiyalik Shoxey Yabikuni 9:0, yarim finalda qirg`izistonlik Atabek Azisbekovni 5:4 hisobida mag`lub etib, hal qiluvchi finalga chiqdi. 

Dilshod hal qiluvchi bellashuvda koreyalik Xyonvu Kimga imkoniyatni boy berdi va kumush medal sovrindori bo`ldi. 

Ikkinchi kungi musobaqalarda gilamga tushgan hamyurtlarimizdan yana biri Mo`minjon Abdullaev (-130 kg) ham “Rio-2016” yo`llanmasini qo`lga kiritishga juda yaqin keldi. Chorak finalda yaponiyalik Arata Sonodani 6:0 hisobida mag`lub etgan polvonimiz, yarim finalda qirg`izistonlik Murat Ramonovga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Uchinchi o`rin uchun kechgan bahsda esa tojikistonlik Murodjon To`ychievdan ustun kelib, bronza medali sovrindori bo`ldi. 

Eslatib o`tamiz, birinchi kungi bahslarda Rashid Qurbonov (-74 kg, erkin kurash), Zuhra Mastonova (-53 kg, ayollar kurashi) va jarohat olgan Elmarat Tasmuratov o`rniga bahslarga kirishgan Feruz To`xtaev (-59 kg, yunon-rim kurashi) bronza medallariga sazovor bo`lgan edilar. 

Shu tariqa, qit`aviy saralash musobaqalarining ikki kunlik yakunlariga ko`ra hamyurtlarimiz tomonidan 1 ta kumush va 4 ta bronza medallari qo`lga kiritildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1