O`zMTRKning taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziev endi faoliyatini “UzReport TV” telekanalida davom ettiradi. Bu haqda telekanal rasmiy sayti ma`lum qilmoqda.
Ma`lumot uchun, Davron Fayziev 1983 yilda tavallud topgan. U O`zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2001 yildan buyon O`zMTRKning “Yoshlar” va “Sport” telekanallarida sport sharhlovchisi va boshlovchi sifatida faoliyat olib borgan.