Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda. Ma`lum bo`lishicha, kuni kecha Toshkent viloyati Bo`stonlik tumanida joylashgan so`lim “Bildirsoy” oromgohida navbatdagi o`quv-mashg`ulot yig`inini o`tkazayotgan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o`yinlariga lisenziyalarni qo`lga kiritgan para dzyudo hamda para pauerliftingchilar va ularning trenerlari taqdirlandi.
Ushbu marosimda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov hamda O`zbekiston Milliy paralimpiya qo`mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etdi.
Unda XVI yozgi Paralimpiya o`yinlariga lisenziya qo`lga kiritgan sportchilarga 100 million so`m, ularning trenerlariga 50 million so`m miqdorida bir martalik pul mukofotlarining sertifikatlari topshirildi.
Paralimpiyachilar nomidan so`zga chiqqan Uchqun Quranbayev, Dovurxon Karomatov, Farhod Umrzoqov, Sevinch Salayeva, Vasila Aliboyeva va boshqalar davlatimiz tomonidan ko`rsatilayotgan yuksak e`tibordan minnatdorligini bildirishib, Paralimpiya o`yinlarida bor kuch va salohiyatini ishga solgan holda yuqori natijalar ko`rsatishga va`da bergan.
Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlariga yo`llanma olgan para dzyudochilar:
Erkaklar bo`yicha:
-60 kg: Sherzod Namozov,
-66 kg: Uchqun Quronboyev,
-73 kg: Feruz Sayidov,
-81 kg: Dovurxon Karomatov,
-90 kg: Shuhrat Boboyev,
-100 kg: Sharif Xalilov,
+100 kg: Shirin Sharipov,
Ayollar bo`yicha:
-48 kg: Lobar Xurramova,
-52 kg: Sevinch Salayeva,
-58 kg: Parvina Samandarova,
-63 kg: Nafisa Sheripboyeva,
-70 kg: Vasila Aliboyeva.
Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlariga yo`llanma olgan para pauerliftingchilar esa:
-61 kg: Ro`za Qo`ziyeva,
-88 kg: Farhod Umrzoqov,
-107 kg: Nuriddin Davlatov