Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi yarim himoyachisi Samir Nasrining Lamborghini avtomobili Buyuk Britaniya polisiyasi tomonidan musodara qilindi.
Bunga asosiy sabab sifatida fransiyalik futbolchining o`z avtomashinasini Buyuk Britaniyada ro`yxatdan o`tkazmagani ko`rsatilmoqda.
Samir Nasri ushbu avtomobilni 330 ming funt sterlingna xarid qilgan. Endilikla u o`z avtomobilini ro`yxatdan o`tkazish masalalarini hal qilishi kerak.