1

“Ko`z linzalari qaerda sotiladi?”

Salomatlik 23.03.2016, 14:50
“Ko`z linzalari qaerda sotiladi?”

Ko`rish qobiliyatim yomonlashgani bois ko`zoynak taqayotgandim. Ko`zoynakni kontakt linzalarga almashtirmoqchiman. Buning uchun qaerga murojaat qilishim mumkin? Dorixonalarda kontakt linzalar sotiladimi?

Humoyun Solixov, Toshkent  viloyati

Savolga oftalmolog-shifokor Hikmatilla Sodiqov javob beradi: 

Kontakt linza taqishdan oldin oftalmolog ko`rigidan o`ting. Shifokor tavsiyasiga ko`ra kontakt linza (yumshoq linzalar) ni harid qilishingiz mumkin. Buning uchun ko`z kasalliklari shifoxonalarida maxsus kontakt linzalarni tanlash bilan shug`ullanadigan ortometris oftalmolog xonalari tashkil etilgan. Bundan tashqari ba`zi optika markazlarida ham kontakt linza sotib olish imkoniyati mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1