O`zbekistonda yangi O`simliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etildi.
15-iyunda “Respublikada o`simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida O`simliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etildi.
“O`zagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJ Kimyolashtirish va o`simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o`tkazish va ro`yxatga olish bo`yicha davlat komissiyasi tugatildi.
2024 yil 31 dekabrgacha:
Quyidagilar Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi tomonidan kompensasiya qilinadi:
- 10 mlrd so`mdan, foizi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 barobaridan oshmaydigan milliy valyutadagi kreditlar uchun foiz xarajatlari, Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 7 foiz punktdan ko`p bo`lmagan qismi;
- banklar tomonidan ekvivalenti 10 mlrd so`mdan oshmaydigan xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar uchun – banklar foiz stavkasining 30 foizigacha, biroq 3 foiz punktidan ko`p bo`lmagan miqdorda foiz;
- kredit ta`minotining 50 foizigacha, biroq 10 mlrd so`mdan ortiq bo`lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi kafillik taqdim etadi.






