AsosiySiyosat

Evropa va Janubiy Osiyoni bog`lovchi Markaziy Osiyo orqali o`tadigan eng qisqa yo`l. Shavkat Mirziyoev bu yo`lning qanchalik ahamiyatli ekanligini haqida gapirdi

'Evropa va Janubiy Osiyoni bog`lovchi Markaziy Osiyo orqali o`tadigan eng qisqa yo`l. Shavkat Mirziyoev bu yo`lning qanchalik ahamiyatli ekanligini haqida gapirdi'ning rasmi

“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik.Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada nutq so`zlagan prezident Shavkat Mirziyoev transchegaraviy temir yo`lni ochishning ahamiyati haqida ham to`xtalib o`tdi. 

Bu temir yo`l tarmog`ining qurilishi har ikki mintaqaning tranzit salohiyatini to`la ro`yobga chiqarish, Janubiy Osiyo va Evropa mamlakatlari o`rtasida Markaziy Osiyo va Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi hududi orqali o`tadigan eng qisqa yo`lni ochish, shu bilan birga, yuklarning turib qolishi va tashish muddatlarini sezilarli darajada qisqartirishga xizmat qiladi.

"Umuman olganda, ushbu transchegaraviy temir yo`lni foydalanishga topshirish Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining inklyuziv iqtisodiy rivoji uchun mustahkam zamin yaratadi. Mazkur temir yo`l tarmog`i Hind-Gang tekisligini Taksila, Gandara, Termiz singari tarixiy shaharlar orqali Evroosiyoning janubiy hududi bilan bog`lagan, Uttarapatxa nomi bilan ma`lum qadimgi shimoliy savdo yo`lining o`ziga xos zamonaviy shakli bo`ladi.

Hindistonni Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bog`laydigan “Shimol – Janub” transport koridori mana shunday transmintaqaviy infratuzilmani hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etishning yorqin namunasidir. Bundan tashqari, Transafg`on temir yo`l qurilishi loyihasi kelgusida mamlakatlarimizni Xitoy va OsiyoTinch okeani mintaqasining boshqa etakchi davlatlari bilan bog`lashi mumkin. Bu esa “Bir makon, bir yo`l” tashabbusi maqsadlari bilan ham uyg`undir", - dedi davlat rahbari.

    Boshqa yangiliklar