Xonanda Munisa Rizaeva o`zining navbatdagi “Yurak” nomli albomining taqdimotini o`tkazdi. Mazkur taqdimotda xonandaning ashaddiy muxlislari, yaqinlari va OAV vakillari ishtirok etdi, deb xabar beradi “popcorn.uz”.

Tadbirni boshlovchi Davron Kabulov olib bordi. Taqdimot boshida Munisa Rizaeva mazkur albom haqida so`zlab berdi:

— 24 ta qo`shig`imdan iborat bo`lgan bu albom mening 3-albomim bo`lib, uni “Yurak” deb nomladik. Unda bir qator muxlislar sevgan qo`shiqlar joy olgan.

Shundan so`ng, Davron Kabulov muxlislar o`rtasida kichik tanlov e`lon qildi. Unga ko`ra ikki muxlis xonandaning suratini chizish kerak edi. Bu vaqt oralig`ida esa Munisa Rizaeva kutilmagan tuhfasini muxlislarga taqdim etdi. Ya`ni jonli ijroda qo`shiq kuylab berdi. Bu qisqa fursatda muxlislar suratlarni chizib bo`lishdi va g`oliblar aniqlanib, ularga estalik sovg`alari taqdim etildi.





