AsosiySiyosat

O`zbekiston Prezidenti Turkiya delegasiyasi bilan uchrashuv o`tkazdi

'O`zbekiston Prezidenti Turkiya delegasiyasi bilan uchrashuv o`tkazdi'ning rasmi

16 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkentdagi xalqaro konferensiya doirasida Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho`g`lini qabul qildi.

Uchrashuvda ko`p qirrali O`zbekiston-Turkiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Turkiya bilan munosabatlarning samarali va jadal ruhini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ikki mamlakat etakchilarining muntazam muloqoti do`stlik va strategik sheriklik rishtalarini mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlikni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilmoqda.

Mavlud Chavusho`g`li O`zbekiston Prezidentiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anning salomi va samimiy tilaklarini etkazdi.

Uchrashuvda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig`ilishiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Mintaqa kun tartibi, shu jumladan Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Ushbu mamlakatda mustahkam tinchlikka erishish va uning iqtisodiyotini tiklash borasida yaqindan hamkorlik qilish muhim ekani ta`kidlandi.

Boshqa yangiliklar