O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkentdagi xalqaro konferensiyada Qirg`iziston delegasiyasiga rahbarlik qilayotgan Qirg`iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o`rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Aqilbek Japarovni qabul qildi.
Ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Aqilbek Japarov O`zbekiston etakchisiga Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.
Joriy yil mart oyida o`tgan oliy darajadagi O`zbekiston-Qirg`iziston sammitida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Sanoat, energetika, qishloq xo`jaligi, transport va logistika sohalaridagi ustuvor kooperasiya loyihalarini tez fursatda amalga oshirish, qo`shma investisiya kompaniyasi faoliyatini tashkil etish muhim ekani ta`kidlandi.