AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Saudiya Arabistoni TIV rahbari shahzoda Faysalni qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Saudiya Arabistoni TIV rahbari shahzoda Faysalni qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 iyul kuni Toshkent shahrida o`tayotgan xalqaro konferensiya doirasida Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saudni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanayotgani - o`zaro muloqot faollashib, ilk yirik investisiya loyihalari, eng avvalo energetika sohasidagi loyihalar ilgari surilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Vazir Faysal bin Farxon O`zbekiston etakchisiga Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning samimiy salomi va ezgu tilaklarini etkazdi hamda Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrif bilan kelish taklifini yana bir bor tasdiqladi.

Saudiya tomoni O`zbekiston Prezidentining Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bog`liqligini kuchaytirish borasidagi o`z vaqtida ilgari surilgan muhim xalqaro tashabbuslarini, shuningdek, Afg`onistondagi vaziyatni tinch yo`l bilan hal qilishga ko`rsatilayotgan har tomonlama ko`makni yuksak baholashi va qo`llab-quvvatlashini ta`kidlandi.

Uchrashuvda amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, bo`lajak oliy darajadagi muloqotlarning kun tartibini boyitish, O`zbekiston-Saudiya munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga ko`tarish maqsadida yangi loyiha va tadbirlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar