Buyuk Britaniyaning Bernli shahrida istiqomat qiluvchi 57 yoshli Janet Xorroks qiziga ikki tomchi suvdek o`xshash bo`lishi uchun 40 ming funt (57 ming dollar) sarfladi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.
Ayol kutgan natijaga erishdi: Endilikda ular qizi Jeyn bilan sayrga chiqqanida, ko`pchilik ularni opa-singil deb o`ylayapti.
Bunday natijaga erishish Janetga 57 ming dollarga tushdi. U birgina soch o`stirish va qaddi-qomatni tartibga keltirish uchun 15 ming funt sarfladi. Bundan tashqari, Janet bir nechta murakkab va qimmat jarrohlik amaliyotlari, muolajalar(botoks)ni boshdan kechirdi.
Janet qizining otasi bilan bundan bir necha yil ilgari ajrashib ketgan.
“Onam menga o`xshamoqchi ekanligini eshitib, qo`rqib ketdim. Men bora-bora undan qariroq ko`rina boshlashim haqida o`ylay boshladim. Ammo bu vaqtinchalik holat edi. Men ko`nikdim. Axir, u mening onam”—deydi Janetning qizi Jeyn.
35 yoshli Jeynning hozirda uch nafar farzandi bor. U plastik jarrohlik amaliyotlariga qarshi ekanligini bildirgan.
"Men hamma qatori qarishni istayman va hech qachon plastik jarrohga murojaat qilmayman”,—deydi Jeyn.
“Avvaliga onamning menga o`xshash istagi uchun shuncha pul sarflash jinnilikdek tuyuldi. Keyinroq esa o`ylab qoldim: Agarda bu uni baxtli qilsa, mayli shunday bo`la qolsin”, – qo`shimcha qildi u.





