UEFA keyingi 4 yildagi Chempionlar Ligasi finallari mezbonlarini ma`lum qildi.
2023 yilgi final Myunxendan Istanbulga ko`chirildi. Bunga sabab — 2021 yilgi final koronavirus tufayli Turkiyadan Portugaliyaga ko`chirilgandi. Myunxenga 2025 yilgi final berildi.

Avvaldan rejalashtirilganidek, Sankt-Peterburg 2022 yilgi, London 2024 yilgi finalni qabul qiladi.