“Barselona” klubining murabbiylar shtabi Londonning “Arsenal” himoyachisi Ektor Beleringa qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri habar bermoqda.
Manbaning ma`lum qilishicha, kataloniyaliklar Dani Alves o`rnini bosa oladigan futbolchi sifatida Ektor Belerinni ko`rmoqda. “Barselona” 21 yoshli futbolchi bilan uzoq muddatga mo`ljallangan kelishuv taklif qilmoqchi.
“Barselona” bilan bir qatorda, Beleringa “PSJ”, “Manchester Siti”, va “Manchester Yunayted” klublari qiziqish bildirmoqda.
Ma`lumot uchun, Ektor Belerinning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha mo`ljallangan.