AsosiySport

Nodirbek Abdusattorov Jahon kubogi musobaqasida o`zidan 10 yosh katta bo`lgan grossmeysterni mag`lub qildi

'Nodirbek Abdusattorov Jahon kubogi musobaqasida o`zidan 10 yosh katta bo`lgan  grossmeysterni mag`lub qildi'ning rasmi

16 yoshli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov FIDE-2021 Jahon kubogi musobaqasida o`zidan 10 yosh katta bo`lgan niderlandiyalik mashhur grossmeyster Anish Girini 3-1 hisobida mag`lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo`l oldi. Bu haqda Saida Mirziyoeva Telegram sahifasida ma`lum qildi.

Shaxmatchilarimizdan xushxabar!  

O`zbekistonlik 16 yashar Nodirbek Abdusattorov gollandiyalik taniqli grossmeyster Anish Giri ustidan 3:1 hisobi bilan g`alaba qozonib, keyingi bosqichga yo`l oldi!  

Eng qizig`i, Nodirbek xalqaro reytingda 127-o`rinni egallagan bo`lsa, uning raqibi, FIDE Jahon kubogi turnirining asosiy favoritlaridan biri Anish bu reytingda naq 8-o`rinda edi.  

Ushbu g`alaba 2018 yili Sankt-Peterburgda o`tkazilgan shaxmat bo`yicha Jahon chempionatini eslatib yubordi. O`sha paytda sportchimiz Shamsiddin Vohidov norvegiyalik grossmeyster, jahon chempioni Magnus Karlsendan ustun kelgan.  

Boshida Karlsen ro`parasidagi 16 yoshli o`spirin Shamsiddinni nazariga ilmagan bo`lsa, o`yin oxirida mag`lub bo`lib zaldan asabiy xolda otilib chiqib ketgan edi. Bu o`yin katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Mana o`sha o`yin https://youtu.be/xa6ig7v9Rv8

Bizning yoshlarimiz shunaqa! Ularni munosib baholamaganlar oqibatda uyalib qoladi.  

Iqtidorli sportchilarimizga, umuman yigit-qizlarimizga ozgina imkon, turtki berilsa bo`ldi. Uyog`ini eplab ketishadi.  

G`alaba muborak!

    Boshqa yangiliklar