Bugun Tokio-2020 Olimpiya o`yinlaridagi boks musobaqalariga ham qur`a tashlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.
Quyida boks bo`yicha terma jamoamiz a`zolarining Tokio-2020dagi ilk raqiblari bilan tanishing:
Ayollar:
-51 kg: Tursunoy Rahimova – Sandro Drabik (Polsha),
-60 kg: Rayhona Qodirova – Naomi Yumba (Kongo DR),
-69 kg: Shahnoza Yunusova – Karolina Kosevska (Polsha),
Erkaklar:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Chiftchi Botuxon (Turkiya),
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – birinchi bosqichdan ozod etilgan, ikkinchi bosqichda esa Xose Kuiles (Ispaniya)/Kurt Uolker (Irlandiya) jangi g`olibiga qarshi,
-63 kg: Elnur Abduraimov – Chinzorig Baatarsuxin (Mongoliya),
-69 kg: Bobousmon Baturov – Polando Roxan (Dominikan Respublikasi),
-75 kg: Fanat Qahramonov – Giorgi Xarabadze (Gruziya),
-81 kg: Dilshod Ro`zmetov – Emmett Brennan (Irlandiya),
-91 kg: Sanjar Tursunov – Abdelxafid Benchabla (Jazoir),
+91 kg: Bahodir Jalolov – birinchi bosqichdan ozod etilgan, ikkinchi bosqichda Mahammad Abdullaev (Ozarbayjon)/Danis Latipov (Bahrayn).






